O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Nima
O‘zbekiston-Koreya biznes forumi – savdo-iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun maydon.
Qayerda
O‘zbekiston, Toshkent, Kongress xoll. 200 dan ortiq kompaniya, jumladan «KAKAO Group», «Posco International», «HYUNDAI Construction», «DRB Group», «DaeWoo Construction», «ERA KOREA Co, Ltd» va 115 ta delegatsiya.
Qanday
O‘zbekiston va Koreya ishbilarmon doiralari ishtirokida B2B va B2G formatlarida tashkil etilgan biznes-forum.
Loyiha haqida
2019-yil 19-aprelda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, soha idoralari, ilmiy-texnik institutlar va xo‘jalik birlashmalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Koreya biznes forumi tashkil etildi. Forum ishida Koreya Respublikasining 150 dan ortiq kompaniya va tashkilotlaridan 350 dan ortiq vakil, shuningdek, ularning O‘zbekiston kompaniyalari orasidagi hamkorlari ishtirok etdi.
Forum yakunlariga ko‘ra, Koreya tomonining geologiya, elektrotexnika va mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil, kimyo va neft-kimyo sanoati, fuqarolik qurilishi, turizm infratuzilmasi, bank-moliya sohasi kabi tarmoqlarda ishtirokini nazarda tutuvchi qariyb 12 mlrd dollarlik 29 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolandi.